“Barsa” bazo‘r olingan Olmoni yo‘qotish arafasida

  • 14 sentabr, 2024, 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yulduzi Dani Olmo Ispaniya chempionatining ikkinchi yarmini o‘tkazib yuborish ehtimoli tobora oshib bormoqda.

Tecno

Marca nashrining ma’lumot berishicha, “Barselona” keyingi paytda moliyaviy ishlarini ancha o‘nglab oldi va maoshlar fondini biroz bo‘lsa-da, oshirishga erishdi. Biroq shunga qaramay, klub yangi o‘yinchilarni qaydnomaga kiritish darajasiga etgani yo‘q.

Agar vaziyat tez orada ijobiy tomonga o‘zgarmasa, kataloniyaliklar yanvarda chempionatning ikkinchi qismi uchun Daniel Olmoni  qaydnomadan o‘tkaza olmaydi.

26 yoshli Olmo yozda Kataloniya klubiga ko‘chib o‘tgandi. “Barselona” o‘yinchilaridan biri jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani uchun Olmoni vaqtinchalik ro‘yxatga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!