"Barsa" birdan yangi murabbiy qidirishga tushdi

  • 14.06.2026 09:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" jamoasi jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yangi murabbiy izlashni faol davom ettirmoqda. Jamoaning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ushbu yo‘nalishda shtabini jiddiy kuchaytirish tarafdori.

Bundan avvalroq klub jismoniy tayyorgarlik uchun mas'ul bo‘lgan Xuli Tousa bilan hamkorlikni to‘xtatgan edi. Sababi – o‘tgan mavsumda jamoadа jarohatlar soni me'yordan ancha oshib ketdi va mutaxassis o‘z vazifasini yetarlicha bajara olmadi, degan xulosa qilindi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Flik yangi murabbiyni klub akademiyasi yoki ichki tizimidan emas, "Barselona"dan tashqarida izlamoqchi. U katta tajribaga ega, yuqori darajada ishlay oladigan mutaxassisni topishni maqsad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!