"Barsa"ga bu yulduzni bermaymiz!

  • 23.08.2026 16:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Inter» rahbariyati Lautaro Martines transferi yuzasidan «Barselona» bilan muzokaralarga chiqish niyatida emas.

Diario AS nashri yozishicha, milanliklar argentinalik hujumchini sotish variantini umuman ko‘rib chiqmayotganini aniq bildirgan.

Avvalroq Kataloniya klubi Martinesni hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rayotgani va uni sotib olishga taxminan 100 million yevro sarflashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Biroq «Inter» pozitsiyasi keskin: klub 29 yoshli forvardni moliyaviy takliflardan qat’iy nazar qo‘yib yuborishni istamaydi.

O‘tgan mavsum Italiya chempionatida Lautaro 30 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!