"Barsa" himoyachisi raqib jamoaga o'tib ketdi
«Barselona» tarkibida yetishib chiqqan yosh ispaniyalik himoyachi Ektor Fort rasmiy jamoasini almashtirdi va endilikda «Real Sosyedad» sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
Bask klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi San-Sebastyan jamoasiga to‘liq transfer asosida o‘tdi.
«Real Sosyedad» Fort bilan 2031 yil iyunigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Yosh himoyachi uchun basklar sakkiz yarim million yevro to‘lashgani ma’lum qilindi. Shuni ham ta’kidlash joizki, o‘tgan mavsumda Fort «Elche» safida ijaraga asosida o‘ynagan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Ektor Fort «Elche» tarkibida La Ligada 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va yana ikki golga pas berdi. «Barselona» asosiy jamoasi safida esa himoyachi 30 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan.

Fikrlar