
"Barsa" ishga kirishdi
"Barselona"ning yosh iqtidorli futbolchisi Lamin Yamal jamoasini o‘zgartirmaydi.
"Mundo Deportivo" nashrining xabariga ko‘ra, Lamin yaqin vaqt ichida kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolaydi. Futbolchining agenti Xorxe Mendesh muzokaralarga kirishgan.
Tomonlar 7 yillik bitim borasida kelishuvga erishgan. Shu bilan birga, yana bir nyuans: futbolchi voyaga etmagani uchun shartnomani rasman 3 yilga uzaytiradi va 2030 yilgacha klub bilan og‘zaki kelishib oladi.
Qolaversa, "Barsa" Yamalning tovon pulini 1 millard evro etib tayinlamoqchi.
Fikrlar