“Barsa” liverpulliklardan mashhur yulduzni so‘radi

  • 18 yanvar, 12:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barsellona” mutasaddilari “Liverpul”ga murojaat qilib, yozgi transferlar vaqtida qanot hujumchisi Luis Diasni Kataloniyaga olib ketmoqchi ekanini bildirdi.

Tecno

Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar kolumbiyalik 28 yoshli o‘yinchi uchun “Liverpul”ga 70 million evro taklif qilmoqchi.

“Barselona” vakillari Luis Dias Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tish orzusida ekanini yaxshi biladi va aynan futbolchining istagidan foydalanib qolmoqchi.

Ispanlar bu borada futbolchining agentlari bilan aloqa o‘rnatib bo‘lgan.

Luis Diasning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portali tajribali futbolchini 85 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!