
“Barsa” Neymarni olib keladimi?
“Barselona” sport direktori Deku klubning sobiq o‘yinchisi Neymarning Kataloniyaga qaytishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
- Neymarning “Barselona”ga qaytishi haqidagi xabarlar doim to‘qima ma’lumotlarga asoslangan bo‘lgan. Bu futbolchi Saudiya Arabistoniga yo‘l olganidan keyin qimmatbaho futbolchiga aylangan.
Neymar sport formasi yuqori darajada bo‘lganda jahon futbolidagi eng yorqin o‘yinchilardan hisoblanadi. Uni har qanday klub quchoq ochib kutib oladi.
O‘ylashimcha, u endi Braziliyaga yo‘l oladi. Eng muhimi, yana mazza qilib futbol o‘ynash. Bu Neymarga ham, boshqalarga ham xursandchilik olib keladi. Men uning rejalaridan bexabarman, lekin eng muhimi Neymar o‘zini baxtiyor his qilishida, - dedi Deku.
Ma’lumki, Neymar 2023 yilning yozidan beri “Al-Hilol” jamoasi a’zosi hisoblanadi. Biroq og‘ir jarohatlar tufayli 32 yoshli yulduz bir yarim yil ichida saudiyaliklar jamoasida atigi ettita uchrashuvda maydonga tushgan xolos.
Bir necha manbalar Neymar o‘zini tarbiyalagan “Santos”ga o‘tishi haqida ma’lumotlar tarqatmoqda.
Fikrlar