
“Barsa” o‘yinchisini beshta jamoa chaqiryapti
Yozgi transfer bozori ochilmay turib, “Barselona” himoyachisi Erik Garsiyani hamkorlikka chaqirayotgan klublar soni tobora oshib bormoqda.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchini La Ligadan “Jirona”, “Real Sosedad” va “Real Betis”, Italiyadan “Komo” hamda Angliyadan “Tottenxem” o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorligini bildirgan.
Garchi Erik Garsiya “Barselon”da joyi kafolatlangan o‘yinchilardan hisoblanmasa-da, bosh murabbiy Xans-Diter Flikning unga bo‘lgan ishonchi ortib boryapti. Germaniyalik mutaxassis bu markaziy himoyachi ayni paytda “Barselona” qo‘llayotgan o‘yin uslubiga mos ekanini ta’kidlamoqda.
Xaridor klublar Garsiyaning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanishiga e’tibor qaratmoqda va uni imkon qadar tezroq olib ketmoqchi.
Kataloniya klubi esa, Flik talabi bilan himoyachiga yangi shartnoma tayyorlayapti. Bu vaziyatda ko‘p narsa Erik Garsiyaning qanday qarorga kelishiga bog‘liq bo‘ladi.
Fikrlar