"Barsa" qishda transferlarga qancha sarflashi hal bo‘ldi
«Barselona» qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirish uchun taxminan qay darajada mablag‘ sarf qilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Diario Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, moliyaviy feyr-pley qoidalari kataloniyaliklarga yanvar oyida 60 million yevro atrofida sarf qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, klub rahbariyati bu mablag‘ni darhol yangi futbolchilarga yo‘naltirishga oshiqmayapti. La Liganing maxsus qoidasiга muvofiq, ushbu pullarni maosh jamg‘armasini oshirishga sarflash mumkin.
Kataloniyaliklar esa so‘nggi yillarda aynan ish haqi limiti bilan bog‘liq jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Manba ta’kidlashicha, yozda bosh murabbiy Hans-Diter Flik jamoaga yangi markaziy himoyachi qo‘shilishini istagan, biroq bu reja amalga oshmagan. Yanvar oyida sport direktori Deku aynan shu masalaga alohida e’tibor qaratishi ehtimoli katta ekani qayd etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, to‘rt turdan so‘ng «Barselona» Ispaniya chempionati jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniya klubi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 12 ochko to‘plagan.

Fikrlar