“Barsa” sardorini boshqa jamoa so‘radi
“Barselona” jamoasi sardori Mark-Andre ter Shtegen klubni tark etishi kutilmoqda. Ayni paytda nemis golkiperi asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan va o‘yin amaliyotisiz qolib ketyapti.
Sport.es saytining yozishicha, Turkiya chempionati vakili “Beshiktosh” rahbariyati ter Shtegenning agentlari va “Barselona” mutasaddilari bilan bog‘landi. Turklar Mark-Andreni jamoaga ko‘chib tishga ko‘ndirishga harakat qilyapti.
“Beshiktosh” yanvar oyida 33 yoshli darvozabonni ijaraga olmoqchi va maoshini to‘liq qoplashga tayyorligini bildirgan.
Mark-Andre ter Shtegenning o‘zi “Barselona”dagi kelajagi bo‘yicha hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Ayni paytda u jarohatidan tiklanish bilan band. Darvozabonning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi.
Mark-Andre ter Shtegen 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun mavsumning qolgan qismida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi talab etiladi.



Fikrlar