"Barsa" transferga ikki kunda ulgurmasa, narx 20 million yevroga oshadi
«Valensiya» yarim himoyachisi Xavi Gerraning faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Bu haqida COPE radiostantsiyasi ma'lum bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar hali ham «Valensiya»ning markaziy yarim himoyachisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lov miqdori kelasi shanbaga qadar 40 million evrodan 60 million evrogacha oshirilishi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda Xavi Gerra «Valensiya» tarkibida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar