“Barsa” uch nafar zo‘r to‘purar tanladi

  • 21 fevral, 14:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” rahbariyati jamoaning asosiy to‘purari Robert Levandovski bilan hamkorlikni 2027 yilning yozigacha uzaytirishga qaror qilganiga qaramay, polshalik hujumchiga munosib o‘rinbosar qidirishni to‘xtatgani yo‘q.

Sababi Levandovski yaqinda 37 ga to‘ladi. Tabiiyki, uning o‘yini va samaradorligida pasayish yuz berishi ehtimoli ham oshib boradi.

Ana shu maqsadda, kataloniyaliklar hujumchilarning yangi avlodidan bir necha o‘yinchi tanlab qo‘ydi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri habar berdi.

Aleksander Isaak – “Nyukasl” hujumchisi Evropaning grand klublarida to‘p tepishga tayyor. Kataloniyaliklar shved hujumchisi yordamida markaziy hujumchi pozitsiyasini uzoq yillarga yopishi mumkin. “Qarg‘alar” kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, Isaakni qimmatroq narxga sotib yubormoqchi.

Luis Dias – “Liverpul”ning kolumbiyalik hujumchisi “Barselona”ning muxlisi hisoblanadi va bir necha bor bu jamoaga o‘tishga tayyorligini bildirgan. Diasning “qizillar” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. “Barsa” uni olish uchun “Liverpul”ni transferga ko‘ndirishi kerak.

Benyamin Sheshko – “Leyptsig”ning yosh hujumchisi barqaror to‘purar hisoblanadi va aynan mana shu xususiyati Evropa grandlari e’tiborini tortmoqda. “Barselona” Sheshkoni olish uchun boshqa qudratli klublar ravobatini engishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!