
“Barsa” ustozi: “Qariyalar”ga oson emas!
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kataloniyaliklarning 36 yoshli to‘purari Robert Levandovkini jahon futbolida eng ko‘p gol urgan 40 yoshli Krishtianu Ronaldu bilan solishtirdi.
- Bu yoshda yuqori darajada o‘ynay olish oson emas. Bu bir tomondan jismoniy tayyorgarlikka, ikkinchi tomondan esa, yoshi katta o‘yinchining o‘ziga va organizmiga bo‘lgan alohida e’tiborga bog‘liq.
Krishtianu Ronaldu kabi Levandovski ham ajoyib jismoniy tayyorgarlikka ega. Robert professionallarga xos faoliyat olib boradi, maksimal natijaga erishish uchun barcha omillarni hisobga oladi va orgazmini nazorat qiladi, - dedi Xans Diter Flik.
Levandovski joriy mavsumda barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 40 marotaba ishg‘ol qildi va uchta golli pas uzatdi.
Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” tarkibida 35 ta bahsda o‘z hisobiga 32 ta gol yozdirib qo‘ydi va jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatib berdi.
Fikrlar