“Barsa” va “Liverpul” FIFAdan xushxabar kutyapti

  • 22 mart, 00:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFA o‘zining rasmiy sayti orqali 2025 yili klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan Meksikaning “Leon” jamoasini chetlatganini ma’lum qildi.

Tecno

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, bir kompaniya egalik qiluvchi ikki jamoa bir paytning o‘zida klublar ishtirokidagi jahon chempionatida qatnasha olmaydi.

Jahon chempionatida Meksika sharafini “Pachuka” va “Leon” futbolchilari himoya qilishi ko‘zda tutilgan edi. FIFA Tartib-intizom va Apellyatsiya qo‘mitalari o‘rganish o‘tkazib, har ikki jamoa bir kompaniyaga tegishli ekanini aniqlagan va buning oqibatida “Leon”ni ishtirokchilar ro‘yxatidan chiqardi.

Endi “Leon” o‘rniga boshqa jamoa tanlanadi.

FIFA hali yangi ishtirokchi masalasida yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Sport.es sayti bu jamoa Evropa vakillari – “Barselona” yoki “Liverpul” bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati shu yilning 15 iyunidan 13 iyuliga qadar AQShda o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!