“Barsa” va Rafinya kelisholmay qoldi

  • 25 aprel, 07:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik hujumkor futbolchi Rafinya joriy mavsumda “Barselona” safida asosiy figuralardan biriga aylandi.

Tecno

O‘z samaradorligi bilan kataloniyaliklarga katta foyda keltirayotgan yulduzga badavlat klublardan chorlovlar tingani yo‘q. Biroq “Barsa” bu o‘yinchi bilan hamkorlikni uzaytirishga harakat qilyapti.

Rafinyaning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Rahbariyat uni uzoqroq muddatga olib qolmoqchi.

Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, muzokaralar davomida tomonlar shartnomaning muhim bandlari bo‘yicha kelisha olmay qoldi.

Birinchidan, klub va futbolchi hamkorlik muddati bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmayapti. “Barselona” amaldagi shartnomasi 1+1 ko‘rinishida uzaytirmoqchi. Rafinyaning agentlari muddatni to‘g‘ridan to‘g‘ri ikki yil qilib belgilashni talab qilmoqda.

Ikkinchidan 28 yoshli futbolchini klub taklif qilayotgan maosh miqdori qoniqtirgani yo‘q. Agentlar klub xizmat haqini ko‘tarishi kerakligini ta’kidlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!