“Barsa” yulduzi Ronalduning yoniga boradi

  • 7 iyun, 14:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan Andreas Kristensen kelasi mavsumni Evropadan tashqarida boshlashi mumkin.

Tecno

Sport.es saytining yozishicha, tajribali markaziy yarim himoyachiga Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi jiddits qiziqish bildirmoqda. Riyodliklar jamoa yulduzi Krishtianu Ronalduning talabini bajarib, tarkibni sovrinlar uchun kurashadigan darajada kuchaytirmoqchi.

Saudiyaliklar 29 yoshli daniyalik futbolchining maoshini hozir olayotganidan ikki baravarga oshirib bermoqchi. Kataloniya klubi mutasaddilari asosiy tarkibdagi joyini  yo‘qotgan Kristensenning ketishiga qarshilik ko‘rsatmaydi.

Kristensen yakunlangan mavsumda jarohat tufayli barcha turnirlarda atigi olti marotaba maydonga tushdi. Himoyachining o‘zi “Barselona”da shartnomasini to‘liq bajarmoqchi. Uning bitimi yakunlanishiga yana bir yil bor.

Biroq “An-nasr” taklif etayotgan sharoitlar va “Barselona” futbolchiga yangi shartnoma bermaslikka qaror qilgani Kristensenning tanloviga ta’sir o‘tkazishi ehtimoli kattiligi aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!