
“Barsa”da Flik va darvozabon o‘rtasida mojaro chiqdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik va darvozabon Inyaki O‘rtasida kelishmovchilik yuz berdi. Bosh murabbiy bilan suhbatdan keyin ispaniyalik golkiper tushkun kayfiyatda yuribdi.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, Inyaki Penya ustozidan asosiy tarkibda maydonga tushirmayotgani uchun izoh talab qilgan.
Tajribali mutaxassis 25 yoshli darvozabonga o‘z ishiga tanqidiy yondashuv etishmayotganini uqtirgan. Bunga isbot tariqasida, Penyaning Ispaniya Superkubogida “Atletik”ga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotga kech qolganini keltirgan.
Bundan tashqari, Xans-Diter Flik Inyaki Penya tomonidan yo‘l qo‘yilgan boshqa xato va kamchiliklarni ham keltirib bergan.
Aslida Inyaki Penya asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegen jarohat olganidan keyin darvozadan o‘rin olgan edi. Biroq oxirgi uchrashuvlarda darvoza polshalik tajribali posbon Voytsex Shchesniga topshirilyapti.
Fikrlar