“Barsa”ni tez orada to‘rt futbolchi tark etadi
“Barselona” mutasaddilari tarkibni tozalash maqsadida murabbiylar shtabining rejasiga kiritilmagan futbolchilarni sotib yuborish harakatlarini boshlamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, birinchi bo‘lib jamoani yarim himoyachi Miralem Pyanich va himoyachi Xunior Firpo sotib yuboriladi. Keyin hujumkor futbolchi Fransishku Trinkau va maydon markazida o‘ynaydigan Mateus Fernandes boshqa jamoalarga ijaraga beriladi. Bu yosh futbolchilar keyinchalik kataloniyaliklarga kerak bo‘lishi mumkin.
Aslida Xunior Firpo 32 yoshli Jordi Albaning o‘rinbosari bo‘lishi kerak edi. Biroq, yosh futbolchi murabbiylar ishonchini qozona olmadi. Miralem Pyanich ham yozda “Yuventus”dan o‘tganidan beri kutilgan o‘yinni namoyish qilgani yo‘q.
Fikrlar