
Joau Feliks “Barsa”ning eng zo‘r o‘yinchisi kimligini aytdi
“Atletiko”dan “Barselona”ga ijaraga olingan Joau Feliks yangi jamoadoshlari orasida uni kim hayratga solganini aytdi.
- De Yong qolgan futbolchilarga qarganada meni ko‘proq hayratga soldi. Men avvaldan Frenkini bilardim. Lekin uning o‘yinlarini yaqindan ko‘rib, u haqida ko‘proq tushuncha va ma’lumotlarga ega bo‘ldim.
Frenki de Yongning o‘yinni tushunishi, maydondagi harakatlari meni hayratga soldi, - dedi Joau Feliks.
Portugaliyalik futbolchi bir mavsum davomida ijarada o‘ynaydi. Kataloniyaliklar ayni paytda uni to‘liq transfer qilish yo‘llarini qidirmoqda.
Fikrlar