«Barselona» - «Napoli»: Prevyu

  • 8 avgust, 2020, 21:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Kamp Nou»ga «Napoli» katta muammo bilan tashrif buyurmoqda. Jamoa sardori Lorentso Insine «Latsio»ga qarshi bahsni ko‘zida yosh bilan tark etdi. U jarohati jiddiyligini sezgandi. Bugun u maydonga tushishining ehtimoli juda kam. Maydonda uni ko‘rsak ham, bor kuchini sarflab harakat qila oladi, deb o‘ylamayman.
«Barselona» birinchi o‘yindan oldin ham, bugun ham favorit maqomida. Ammo buni Neapoldagi uchrashuvda ko‘rmadik. Gattuzo shogirdlari g‘alabaga yaqinroq edi. Biroq «Barsa» ko‘rsatgan o‘yiniga qaraganda, ko‘prog‘i bilan qaytdi.
Restartdan so‘ng ketma-ket ochko yo‘qotgan, nizolar iskanjasida qolgan kataloniyaliklar so‘nggi turlar oldidangina o‘ziga kelgandek ko‘rindi. Bugun «blaugranas» muxlislarining aksariyati Seten murabbiyligidan norozi. Bartomeu uning kelgusi mavsumda ham jamoada qolishini aytmoqda. Bugun italyanlar Barselonada jamoani enggan taqdirda, nafaqat Seten, balki Bartomeuning o‘zi ham xavf ostida qoladi.

Tecno

vidal
Dastlabki o‘yin

Birinchi taym avvalida «Napoli» ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Hujumlari ham salmoqli bo‘ldi. Keyinroq, golgacha bo‘lgan holatda «Barselona» ko‘proq hujumga tashlanganini ko‘rdik. Ammo ularning hujumlari yakunlovchi zarbagacha etib bormasdi. Shunday hujumlarning biridan so‘ng, qarshi hujumga o‘tgan neapolliklar maqsadlariga erishdi. Zelinski o‘z vaqtida Mertensga to‘pni uzatdi. Jamoadoshining qaerda ekanini qaramasdan topa olgan xavbekka olqishlar yarashadi. Belgiyalikda esa to‘pni qabul qilib, uni biroz oldinga tashlab, tayyorgarlik bilan zarba berish uchun etarli vaqt va bo‘shliq bor edi. Uning zarbasi yo‘lini ko‘rmay qolgan Ter Shtegen aslida qaytarish mumkin bo‘lgan to‘pga sakray olmadi.
«Barselona» hujumlari muvaffaqiyatsizligida Grizmanning ulushi ko‘proq edi, nazarimda. Ha, u gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Ammo ungacha gol pishitib bo‘lingan edi-da. Frantsuz o‘yin mobaynida to‘pni havolatib ichkariga etkazib qo‘yishdan o‘zini tiya bilmadi. «Barsa»da bo‘ydor hujumchilar yo‘q va bunday uzatmalar juda ko‘p amalga oshirilganiga e’tibor qaratsak, bu hujumchining keraksiz xatosi ekanini anglashimiz mumkin. Shu orqali, to‘pni o‘ta qadrlaydigan «ko‘k-anorranglilar»ning anchagina hujumlari besamar ketdi. Grizmann gol urgan vaziyatda Buskets unga jamoaning klassik uslubi qandayligini ko‘rsatuvchi pasni amalga oshirdi. Uning zargarona uzatmasidan so‘ng Semedu Antuanga golli pas etkazib berdi. Shu tariqa, Maradona timsoliga aylangan maydondan Messi durang bilan qaytishga majbur bo‘ldi.

grizman
Jamoalarning taxminiy tarkiblari

«Barselona»: Ter Shtegen, Semedu, Pike, Langle, Alba, Roberto, Rakitich, De Yong, Messi, Suares, Grizmann.
Ishtirok eta olmaydi: Buskets, Vidal, Dembele, Umtiti.
So‘roq ostida: Langle, Grizmann, Arauxo.
Diskvalifikatsiya xavfi ostida: Grizmann, Messi, Semedu.
Tarkibga kiritilganlar: Kuenka, Rays.
Qaydnomadan o‘chirilganlar: Sarsanedas, Saverio.

barsa sostav

«Napoli»: Ospina, Di Lorentso, Manolas, Kulibali, Mario Rui, Fabian Ruiz, Demme, Zelinski, Kalexon, Mertens, Milik.
So‘roq ostida: Maksimovich, Insine.
Diskvalifikatsiya xavfi ostida: Kulibali, Lorente, Mario Rui.

napoli sostav

Murabbiylar

Kike Seten: «Biz astoydil tayyorlandik. Jamoa bilan Chempionlar Ligasida zafar quchishni maqsad qilganmiz. Qiyin o‘yin bo‘lishi tabiiy va barchasi qandaydir soniyalarda hal bo‘ladi. To‘pni o‘zimizda ko‘proq ushlab tursak, ularga kamroq imkoniyat bergan bo‘lamiz. Ammo biz umuman gol o‘tkazib yuborish haqida o‘ylamayapmiz. Biz ishonchli g‘alabaga erishishimiz kerak».

barsa sostav_1

Jennaro Gattuzo: "Biz «Barsa» darajasi haqida ko‘p narsalarni bilamiz. Ularni engish uchun jismonan va taktik jihatdan kuchli bo‘lishimiz lozim. Barselonaliklar shunday jamoaki, ba’zida siz eng yaxshi o‘yiningizni namoyish etsangiz ham, bu g‘alaba uchun etarli bo‘lmasligi mumkin. Kataloniyaliklar ushbu mavsumda hech qanday kubokni qo‘lga kirita olmadi. Bu ularga qo‘shimcha motivatsiya beradi. «Barselona»da g‘oliblik mentaliteti bor. Lorentso bugun jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Shifokorlar uning 100 foiz tayyorligini aytmasa, maydonga tushmaydi".

gattuzo
Bugun har qanday vaziyatda «Napoli» oldinga borishga majbur. Ammo ular chuqur himoyalangan holda o‘z imkoniyatini kutish varianti ham mavjud. «Barselona» so‘nggi yillarda nimchorak final javob bahslarini ancha quvnoq o‘tkazmoqda. Ularning jamoaviy futboli shakllanib bormoqda. Ammo bu shakllanishda murabbiy imzosi sezilmayapti. Jamoadoshlari Messi uchun o‘ynamoqda. Hujumlar Leoning ishtirokisiz o‘tmayapti. Bartomeu har bir intervyusida jamoa Messisiz o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rayotganini iddao qilayotgan bo‘lsa-da, asliyat bizga «Barsa» argentinalik tirik afsonaga yanada bog‘lanib borayotganini ko‘rsatib qo‘yyapti. Ko‘ramiz, bugun Messining o‘yin qanchalik o‘xshaydi. Gattuzo uni faqat tushida yoki o‘g‘lining videoo‘yinida to‘xtata olishini aytgan. Xo‘sh, Neapol klubi himoyachilari nima qilishadi?

messi gattuzo

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!