"Barselona" Flik o‘rniga yangi murabbiy topdi

  • 10.09.2026 20:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» klubi kelgusi yillarda jamoaga qaysi mutaxassis boshchilik qilishi mumkinligini aniqlab olgani haqida ma’lumot tarqaldi. Bu haqida jurnalist Grem Beyli xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar hozirda «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta nomzodini kelajakdagi bosh murabbiy sifatida ko‘rib chiqmoqda. 

Shu bilan birga, klub rahbariyati hozirgi murabbiy Hans-Diter Flikning ishidan to‘liq qoniqqan.

Eslatib o‘tamiz, Hans-Diter Flik avvalroq o‘zining juda uzoq yillar davomida murabbiylik qilish niyati yo‘qligini aytgan edi. Uning «Barselona» bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!