
"Barselona" Ispaniya kubogi formatini o‘zgartirmoqchi
Kataloniyaning “Barselona” klubi Ispaniya futbol federatsiyasiga mamlakat kubogi formatini o‘zgartirish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi.
Aytish lozimki musobaqaning hozirgi formatiga ko‘ra o‘yinlar 1/16 final bosqichidan boshlab uy-safar tizimida o‘tkazilib kelinmoqda. Kataloniyaliklarning fikricha esa bundan hech qanday ma’no yo‘q va shu bois ular ushbu uchrashuvlarni faqat bitta o‘yindan iborat qilish kerak deb hisoblashmoqda.
Bundan tashqari “Barselona” Ispaniya Superkubogi uchun o‘tkaziladigan 2ta bahsni ham bittaga aylantirish tarafdori bo‘lmoqda.
“Barselona” shuningdek kubok finalini xorij mamlakatlarida o‘tkazishni taklif qilmoqda. Ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda Frantsiya hamda Italiyada kubok finallarini chet mamlakatlarida tashkil etish an’anaga aylanib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" joriy mavsum Ispaniya kubogi finalida "Sevilya"ga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar