
“Barselona” jahon chempionini olib keladi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes tarkibni kuchaytirish rejasini tuzmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar tayanch hududni kuchaytirishi talab etiladi.
Xavi Ernendes bu pozitsiyasiga “Betis” yarim himoyachisi Gido Rodrigesni tanlagan. Bu futbolchi o‘tgan yili Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘ldi.
Rodrigesning shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Agar futbolchi klub bilan kelishuvni uzaytirmasa, “Barselona”ni uni bepul transfer qilish imkonini qo‘lga kiritadi.
“Betis” rahbariyati esa, 29 yoshli futbolchi erkin agentga aylanmasidan uni qishki transferlar oynasi ochilishi bilan sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar