"Barselona" "Kichkina Messi"ni nishonga oldi
Angliya matbuotida tarqalgan xabarlarga koʻra, «Manchester Yunayted» akademiyasining eng yorqin isteʼdodlaridan biri hisoblangan Jey-Jey Gabriel klub rahbariyatidan jamoani tark etishga ruxsat soʻragan. Bu qaror manchesterliklarni jiddiy xavotirga solgani aytilmoqda.
15 yoshli futbolchi ham hujumchi, ham qanot oʻyinchisi sifatida maydonga tushadi va u oʻz oʻyini bilan allaqachon katta qiziqish uygʻotgan.
Gabriel muxlislar orasida «Bolajon Messi» laqabi bilan tanilgan. Bu esa, avvalo, uning toʻp bilan muomalasi, dribling va hujumdagi faolligiga bogʻliq ekani taʼkidlanmoqda.
TalkSPORT nashri jurnalisti Ben Jeykobsning maʼlum qilishicha, yosh isteʼdodga bir qator yetakchi evropalik klublar koʻz tikkan. Ular orasida «Barselona» ham bor. Shuningdek, «Chelsi» ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Eslatib oʻtamiz, haqiqiy Lionel Messi «Barselona» tarkibini 2021 yilda tark etgan edi. Ōshanda kataloniyalik klub moliyaviy qiyinchiliklar tufayli argentinalik yulduzga yangi shartnoma taklif qila olmagan.

Fikrlar