"Barselona" Messini qaytarish yo‘lini topdi

  • 27 may, 2023, 13:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum so‘ngida Turinning “Yuventus” klubini tark etadigan hujumkor yarim himoyachi Anxel di Mariya Ispaniyaning top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Argentinalik futbolchiga Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda.

Tecno

"Ko‘k-anorranglilar" Lionel Messining ehtimoliy qaytishi uchun 35 yoshli vinger bilan shartnoma imzolashga tayyor. Klub yaqin do‘stining "Kamp Nou"ga o‘tishi Leoning qaroriga ta’sir qilishi mumkin deb hisoblamoqda.

Anxelning “keksa senyora” bilan shartnomasi kelasi oy oxirida yakuniga etadi. Shunday qilib, u Barselonaga tekinga boradi.

Di Mariya joriy mavsum A Seriyada 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!