"Barselona" Messini tabrikladi

  • 24 iyun, 15:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun 24 iyun Lionel Messi tug‘ilgan kunini nishonlanmoqda. "Oltin to‘p"ning 8 karra sovrindori 38 yosh to‘ldi. Shu munosabat bilan Messining sobiq klubi "Barselona" futbolchini tabrikladi.

Tecno

— "Tug‘ilgan kuning bilan, yagona va betakror!" — deyiladi "ko‘k-anorranglilar"ning tabrigida.

Ayni paytda Lionel Messi AQShning "Inter Mayami" klubi safida harakat qilmoqda. Toshkent vaqti bilan seshanba tongida jamoa "Palmeyras" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Endi Messi bu bosqichda o‘zining sobiq jamoalaridan biri — PSJga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!