«Barselona»ning muhim transferi amalga oshmadi

  • 10.06.2026 12:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» Bernardu Silvani olib kelish rejasini amalga oshira olmadi. Tomonlar muzokaralar davomida o‘zaro kelishuvga erisha olmagani haqida Kataloniya nashri - 3Cat xabar berdi.

 

Endi portugaliyalik yarimhimoyachi uchun eng real variant sifatida Madriddning «Atletiko» jamoasi ko‘rilmoqda. Manbalarga ko‘ra, klub va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan, kelishuvga erishish yaqin.

 

Avvalroq Bernardu Silvaga «Real» ham qiziqish bildirgan edi. Biroq hozirgi paytda «qirollik klubi» boshqa nomzodlarga ustuvor ahamiyat bermoqda, portugaliyalik futbolchi esa ularning transfer ro‘yxatida orqa planga surilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!