"Barselona" qarorini o‘zgartirdi

  • 14 yanvar, 11:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Ronald Arauxoning transferini bloklashi kutilyapti. 

Urugvaylik futbolchiga "Yuventus" qiziqish bildirayotgandi. Arauxoning o‘zi jamoasini o‘zgartirish niyatida. Klub direktorlari shu hafta uchrashib, ehtimoliy transferni muhokama qilishi kutilayotgandi. 

"As" nashri xabariga ko‘ra, kelishuv amalga oshishiga Inigo Martinesning jarohati to‘sqinlik qilishi mumkin. Ispaniyalik futbolchi taxminan 5 haftani o‘tkazib yuborishi mumkin. Agar tekshiruvdan so‘ng mazkur taxmin tasdiqlansa, "ko‘k-anorranglilar" Arauxoni sotishdan bosh tortishi mumkin. 

Yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan "Barselona" sport komissiyasining yig‘ilishida Xans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabi 25 yoshli futbolchini olib qolish taklifi bilan chiqishi kutilmoqda. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!