
"Barselona" rahbariyati Messiga nimalar va’da qilmoqda?
"Barselona" rahbariyati jamoa sardori Lionel Messi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar 33 yoshli argentinalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishgan. Unda Messining maoshi kamayishi ko‘rsatilgan. Ammo jamoa moliyaviy inqirozdan chiqib ketishi bilan uning maoshini oshirishga va’da berishgan.
Bundan tashqari, Leoga faoliyatini yakunlaganidan so‘ng “Barselona” elchisi lavozimini berish ham va’da qlinmoqda. Aytish kerakki, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv iyun oyida o‘z nihoyasiga etadi.
Lionel Messi joriy mavsum "Barselona" safida jami 39 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 29 ta gol hamda 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar