
"Barselona" va "Real" "yangi Messi" uchun kurashishadi
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning ma’lum qilishicha 23 yoshli argentinalik futbolchiga "Barselona"dan tashqari "Real" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, aynan madridliklarning qiziqishi sabab Dibala "Yuventus" bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Ammo, 2021 yilga qadar tuzilgan shartnoma ham Dibalani ikki ispan klubini niyatidan qaytara olmasligi mumkin.
Ma’lumot uchun, Dibala ushbu mavsum A Seriyada 14ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar