“Barselona” Messini qaytara oladimi?
PSJ hujumchisi Lionel Messining kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Argentinalik yulduzning parijliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
Parij klubi Messiga yangi shartnoma berishga tayyor. O‘z navbatida, “Barselona” o‘zi tarbiyalagan yulduzni ortga qaytarish yo‘llarini qidirmoqda.
Kataloniya klubi kelajakda Messidan klubning elchisi sifatida foydalanishni rejalashtiryapti va buning uchun “Kamp Nou”da sharaflash marosimini tashkil qilib, Messini olib kelishmoqchi.
Jamoa bosh murabbiyi Xavi do‘stini “Barsa”da to‘p tepishini istayapti. Lekin klubning ayrim mutasaddilari endi argentinalik yulduz jamoaning o‘yin modeliga mos tushmasligidan xavotirda. Qolaversa, klub hali ham Messining maoshini ko‘taradigan imkoniyatga ega emas.
Messi kelajagini jahon chempionatidan so‘ng hal qilishini aytgan.



Fikrlar