“Barselona”dan Flikka xushxabar

  • 17.01.2025 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirishga qaror qildi.

Sport.es saytining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar germaniyalik mutaxassis bilan hamkorlikni uzaytirish borasida ish olib bormoqda.

Flikning amaldagi kelishuvi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan edi.

“Barselona” xo‘jayinlari jamoa Flik qo‘l ostida Ispaniya Superkubogida ashaddiy raqib – “Real”ni yirik hisobda mag‘lub etganidan keyin bosh murabbiyga yangi shartnoma taklif qilish bo‘yicha bir to‘xtamga kelgan.

Klub rahbariyati Flik hamkorlikni rasman uzaytirib, kelasi mavsumga jamoali bamaylixotir tayyorlashini istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!