
Basketbol. “Los-Anjeles Leykers” a’zosi kamida 3 hafta maydonga tusha olmaydi
“Los-Anjeles Leykers” klubi a’zosi Tomas Brayant chap bosh barmog‘idan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
Klub ma’lumotlariga ko‘ra, Brayant taxminan uch haftadan so‘ng qayta tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng uning maydonga qaytishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, Brayant "Leykers"ga joriy yilning iyul oyida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsumda "Vashington Uizards" safida har bir o‘yinda o‘rtacha 7,4 ochko jamg‘argan.
Fikrlar