“Bavariya” ham Veratti uchun kurashga qo‘shildi
Myunxenning “Bavariya” klubi ustozi Karlo Anchelottiga “Pari Sen-Jermen”dagi hamyurti Marko Veratti kerak.
Jahonga mashxur Bild nashrining xabar berishicha, Germaniyaning amaldagi chempioni parijliklar yarim himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, myunxenliklar Verattini yaqinlashib kelayotgan qishki transfer davrida qo‘lga kiritishni maqsad qilishan.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi a’zosi uchun “Bavariya”dan tashqari "Chelsi", "Yuventus", "Milan” va "Inter" kabi jamoalar ham kurash olib borishmoqda.



Fikrlar