"Bavariya" Jeksonni to‘liq sotib olmoqchi emas
"Bavariya"da ijara asosida to‘p tepayotgan Nikolas Jeksonga APL klubidan qiziqish bor. "Everton" bosh murabbiyi Devid Moyes iqtidorli hujumchining salohiyatini yuqori baholadi.
Xabarlarga ko‘ra, myunxenliklar hozircha “Chelsi”ga tegishli bo‘lgan hujumchini to‘liq sotib olish niyatida emas. Futbolchining transfer narxi 70 million funt sterlingni tashkil etadi.
Ayni paytda vaziyatni “Everton” diqqat bilan kuzatmoqda. Klub Jeksonni qo‘lga kiritish uchun rekord miqdorda mablag‘ sarflashga tayyor. Moyesning fikricha, hujumchi jamoaning o‘yin uslubiga to‘liq mos tushadi.
Ma’lumot uchun, forvard joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 10 ta bahsda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.



Fikrlar