“Bavariya” mehmonlarni yomon ko‘radi
Bundesliganing beshinchi turida “Bavariya” o‘z maydonida “Boxum”ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz ettita to‘p kiritdi.
Uchrashuv qahramoni xet-trikka erishgan va jamoadoshlariga bir juft golli pas uzatgan Harri Keyn bo‘ldi.
Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, shu tariqa, “Bavariya” o‘z maydonidagi ketma-ket oltmishta uchrashuvda mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilib kelmoqda.
Bu kabi seriya “Bavariya” tarixida avval ham kuzatilgan. 1970-974 yillar davomida bu kabi seriya 64 ta o‘yinni, 1979-1982 yillarda esa 62 ta uchrashuvni tashkil qilgan.
Myunxen klubi futbolchilarida avvalgi ikki ko‘rsatkichni yangilab, yana rekord o‘rnatish imkoniyati bor. Buning uchun ular Myunxendagi yana beshta bahsda gol urishi kerak.

Fikrlar