
"Bavariya" murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘ldi
"Bavariya" klubi sobiq darvozaboni Tom Shtarke klubning asosiy jamoasidagi darvozabonlarni shug‘ullantiradi. 37 yoshli kiper yozda ikkinchi marta faoliyatini yakunlaganligini aytgan va yoshlar jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan edi.
"Tom yana biz bilan", - dedi "Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach.
Shtarke bu vazifada ishlab kelayotgan Toni Tapalovichning o‘rnini egalladi. 38 yoshli xorvatiyalik mutaxassis mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgan va ishini davom ettira olmasligini bayon etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Shtarke 2017 yilda faoliyatini yakunlaganligini e’lon qilgan, ammo Manuel Noyer jiddiy jarohat olgach, yana qadrdon jamoasiga qaytgan edi.
Fikrlar