"Bavariya" muxlislari uchun xushxabar!

  • 29 avgust, 2023, 11:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer umumiy jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

37 yoshli darvozabon o‘tgan yilning dekabr oyida olgan jarohatidan so‘ng birinchi marta jamoa bilan to‘liq mashg‘ulot olib bordi.

Qishki ta’til paytida Manuel chang‘i uchayotgan paytda oyog‘ini sindirib olgan edi. Jarohat sabab Noyer o‘tgan mavsumning yarmini o‘tkazib yuborgan edi.

Bundesliganing yangi mavsumini "Bavariya" ikki g‘alaba bilan boshladi - "Verder" (4:0) va "Augsburg" (3:1). Tomas Tuxel shogirdlari navbatdagi o‘yinni safarda Gladbaxning "Borussiya"siga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!