
"Bavariya" MYu so‘ragan pulni bermoqchi emas
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktomineyning "Bavariya"ga transferi barbod bo‘lish arafasida. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" o‘z yarim himoyachisini sotishdan kamida 40-45 million evro ishlab olish niyatida. Ammo nemis grandi Skott uchun buncha mablag‘ to‘lamoqchi emas. Qayd etilishicha, Maktomineyga shaxsan myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel qiziqmoqda.
2022/2023 yilgi mavsumda Maktominay “Manchester Yunayted” safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 25 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar