
"Bavariya" Noyer borasida bir qarorga keldi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyerning shartnomasi mavsum yakunlanganidan keyin tugaydi.
Yaqinda Germaniya kubogi doirasida "Bayer"ga qarshi o‘yinda 38 yoshli posbon o‘z faoliyatida birinchi marta qizil kartochka oldi. Uchrashuv "Bavariya"ning mag‘lubiyati (0:1) va turnirdan chiqib ketish bilan yakunlandi. Shundan so‘ng u tanqidlarga uchradi.
Shunga qaramay, klub rahbariyati hali ham u bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Myunxenliklar uni keyingi mavsumda yuqori saviyada o‘ynashiga ishonadi.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik keper joriy mavsum Bundesligada 11 ta o‘yin o‘tkazdi va 6 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar