"Bavariya" Oliseni olib qolish yo‘lini topdi

  • 09.10.2026 15:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bavariya»ning hujumkor futbolchisi Maykl Olise klub tarixida eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanishi mumkin.

Futbolchining o‘yinigа Madridning «Real» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. 24 yoshli fransuz agar taklif tushsa, «Qirollik klubi» variantni mamnuniyat bilan ko‘rib chiqishi aytilmoqda. Shu bilan birga, Myunxen klubi o‘z yulduzini saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rishga tayyor.

Sky Sport Germany xabariga ko‘ra, «Bavariya» Olisegа klub tarixidagi rekord maosh taklif qilmoqchi. Ungа beriladigan ish haqi hozirgi yetakchi yulduzlar – Harri Keyn va Jamol Musiala maoshidan ham yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Olise bilan amaldagi shartnoma 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Maykl 2024 yil yozida «Kristal Pэlas» tarkibidan Myunxen klubigа o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!