Belinda Benchichning raqibi aniq bo‘ldi
Shveytsariyalik tennischi Belinda Benchich Charlstonda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan turnirning ikkinchi davrasiga yo‘l oldi.
"Volvo Car Open"ning birinchi bosqichida Belinda avstraliyalik Destan Ayyavani, amerikalik Aleksandra Kiik esa frantsiyalik Polin Parmenteni 6:3, 6:0 hisobida qiyinchiliksiz taslim etishdi.
Shu tariqa Benchich va Kiik navbatdagi bosqichda o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.

Fikrlar