Bellingem boshqa klubga o‘tyapti

  • 04.06.2025 09:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” yulduzi Jud Bellingemning ukasi Job yozda jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. Mavsumni “Sanderlend”da yakunlagan iqtidorli futbolchi akasining yo‘lidan boradigan bo‘lyapti.

Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning yozishicha, Job faoliyatini “Borussiya Dortmund”da davom ettirishga rozilik berdi. Bundan bir necha yil avval Jud ham Angliyadan Dortmundga o‘tgan va keyinchalik “Real” tarkibiga qo‘shilgan edi.

Job Bellingem “Ayntraxt” taklifiga ko‘ra, Germaniyaga kelib, Bundesliga jamoalari sharoiti bilan tanishgan edi. 19 yoshli futbolchi frankfurtliklarga boshqa jamoaga o‘tishini ham aytib ulgurdi.

“Birmengem” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan va ikki yil avval 1,75 million evro evaziga “Sanderlend”ga ko‘chib o‘tgan Job ayni paytda 22 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!