Bellingem jarohat oldi

  • 6 noyabr, 2023, 18:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jud Bellingem elkasi chiqib ketgan va Chempionlar ligasida "Braga"ga qarshi o‘ynamasligi mumkin.

Tecno

"Real" yarim himoyachisi La Liga doirasida "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yinda (0:0) elkasidan jarohat oldi.

Tekshiruv natijasida angliyalikning chap elkasi chiqib ketgani aniqlangan. Uchrashuvdan so‘ng Judening elkasidagi og‘riq kuchaygan.

Jarohat unchalik jiddiy emasligi ma’lum bo‘ldi, ammo yarim himoyachining 8 noyabr kuni "Braga" bilan Chempionlar ligasi o‘yinida ishtirok etishi so‘roq ostida. Madridning murabbiylar shtabi Bellingemning ishtiroki haqida ertaga qaror qabul qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!