Bellingem: "Navbatdagi o‘yin juda ham muhim"
"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem o‘zining hozirgi jismoniy holati haqida gapirdi.
”Men oxirgi o‘yinlarda ko‘p gol uryapman, ancha yaxshi o‘ynayapman, o‘zimni maydonda juda yaxshi his qilyapman va o‘zimga to‘liq ishonaman. Men shu ruhda davom qilishim kerak. Navbatdagi La liga doirasidagi o‘yin juda ham muhim”- dedi angliyalik futbolchi.
Joriy mavsumda 21 yoshli hujumkor yarim himoyachi "qirollik klubi"da 20 ta o‘yinda 6 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan. Madridliklarning keyingi o‘yini "Rayo Valekano"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar