Bellingem "Real"dan Angliyaga ketmoqchi

  • 19.10.2026 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» Madridning yulduz yarimhimoyachisi Jud Bellingem kelajakda boshqa bir Yevropa chempionatida ham o‘zini sinab ko‘rishni istashi ma’lum bo‘ldi.

Teamtalk nashri yozganiga ko‘ra, futbolchida anchadan buyon Angliya premyer-ligasida to‘p surish orzusi bor. Bellingem hali karerasi davomida bu chempionatda o‘ynamagani uchun kelajakda u yerga yo‘l olishni xohlashi aytilmoqda. 

Shu bilan birga, bu niyat hozircha uning yaqin rejalari qatoriga kirmaydi. Hozircha u butun e’tiborini «qirolik» klubi safidagi o‘yinlarga qaratgan.

23 yoshli yarimhimoyachining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Mutaxassislar Bellingemning transfer qiymatini taxminan 160 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!