Bellingem Xabi Alonso haqida nimalar dedi?

  • 12.12.2025 00:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso haqida gapirdi. 

"Murabbiyimiz ajoyib inson. Shaxsan men u bilan juda yaxshi munosabatdaman. Aslini olganda, butun jamoa ham shunday holatda. Duranglar seriyasidan so‘ng biz  ichki muhitni yanada yaxshilash masalasida muhokamalar o‘tkazdik. Hech kim hozirgi ahvolimizdan nolimaydi va shikoyat qilmaydi. Biz hozirgi vaziyatni tushunishga va nimalarni o‘zgartirish mumkin ekanligini o‘ylayapmiz. Kiyinish xonasida vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun hamma narsa bor. Balki bizga shunchaki omad etishmayotgandir", - dedi angliyalik xavbek. 

Ma’lumot uchun, "qirollik klubi" ayni vaqtda La Ligada 36 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!