
Benzema gol urmagan jamoa qolmadi
"Real" hujumchisi Karim Benzema ajoyib natija qayd etdi. Ispaniya chempionatining 29-turida "Alaves" darvozasiga to‘p kiritgan frantsiyalik hujumchi o‘ziga qarshi to‘p surgan barcha raqib jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchiga aylandi.
Bundan tashqari, bu gol Karim Benzema uchun "Real" tarkibida La ligad urilgan 120-to‘p sifatida qayd etildi.
"Karim Benzemadan eng ko‘p gol o‘tkazgan jamoa - "Granada" hisoblanadi. Karim bu jamoaga jami 10 ta gol urgan.
"Barselona" darvozabonlari esa frantsuz futbolchisining oltita zarbasini qaytara olmagan.
Fikrlar