"Betis" Antonini jamoada olib qolmoqchi

  • 25 aprel, 20:40
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning "Betis" klubi jamoa vingeri Antoni bo‘yicha qaror qabul qildi.

"The Telegraph" nashrining xabar qilishicha, La Liga klubi braziliyalik futbolchining ijara muddatini yana bir yilga - 2025/2026 yilgi mavsumgacha uzaytirmoqchi. Hozirda "Betis" shu ko‘rinishdagi taklif tayyorlamoqda.

Antoni yanvar oyida "Betis" safiga ijara asosida kelib qo‘shilgan edi. O‘shandan beri u 18 ta o‘yinda ishtirok etib, beshta gol urdi va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, "Betis" Antonini sotib olish imkoniyatiga ega emas, shu bois ijara muddatini uzaytirishga intilmoqda. Hozirda ispan klubi 25 yoshli futbolchiga uning "Manchester Yunayted" bilan tuzgan shartnomasida ko‘rsatilgan maoshining 84 foizini to‘layapti. "Betis" ayni paytda La Liga turnir jadvalida beshinchi o‘rinda turubdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!