
Beylning transferi hal bo‘ldi
“Real” va “Tottenxem” tajribali hujumchi Garet Beylning ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishdi va bu transfer 18 sentyabrga qadar rasmiylashtiriladigan bo‘ldi.
Bundan avval, tomonlar o‘zaro o‘yinchi almashib, Beylning o‘rniga “Real”ga Delli Alli kelishi aytilgandi. Biroq, angliyalik futbolchi Madridga kelmaydigan bo‘ldi. Endi Joze Mourino jamoasi rahbariyati Beylni bir mavsum ijaraga oladigan bo‘ldi.
Beylning London klubidagi maoshi yiliga 13 million funtni tashkil qiladi va bu summaning bir qismini “Real” qoplaydi.
Beyl 2013 yilda “Real”ga “Tottenxem”dan o‘sha davr uchun rekord summa – 101 million evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. Uelslik hujumchi so‘nggi paytda asosiy tarkibga kira olmay qoldi. Qolversa, bosh murabbiy Zinedin Zidan bilan ham kelisha olmayapti.
Fikrlar